Sertifikatlar

Microsoft Office Specialist

Autodesk Certified User

Adobe Certified Professional

IT Specialist

IC3 Digital Literacy

Microsoft Certified Fundamentals

Entrepreneurship and Small Business

PMI Project Management Ready®
Xalqaro sertifikatlar —
oʻquv dasturingizda
Certiport sertifikatlash dasturlarini oʻquv jarayoningizga qoʻshing: oʻquvchi va talabalaringiz bilim bilan birga xalqaro sertifikatga ham ega boʻladi, muassasangiz esa raqobatda ustunlikka erishadi.
Maktablar
Oʻquvchilaringiz maktabni xalqaro miqyosda tan olingan raqamli koʻnikmalar sertifikati bilan tamomlaydi. Maktab reytingi va ota-onalar ishonchi oshadi, yangi oʻquvchilarni jalb qilish osonlashadi.
Universitetlar
Talabalar oʻqish davomida xalqaro sertifikatlardan iborat kasbiy portfolio shakllantiradi va ish beruvchiga tayyor mutaxassis sifatida chiqadi. Universitetning nufuzi va bitiruvchilarning ishga joylashish koʻrsatkichi oshadi.
Oʻquv markazlari
Kurslaringiz xalqaro sertifikat bilan yakunlanadi, bitiruvchilaringiz esa portfoliosiga dunyoda tan olingan hujjat qoʻshadi. Markazingiz raqobatchilardan ajralib turadi, kurslarning qiymati va talabi oshadi.
Certiportʼning Oʻzbekistondagi rasmiy vakili
Edu-Action test markazi Certiport’ning Oʻzbekistondagi rasmiy vakolatli hamkoridir. Biz Microsoft, Adobe, Autodesk, Cisco, PMI, Meta, IC3 Digital Literacy va boshqa Certiport dasturlari boʻyicha xalqaro sertifikatlash imtihonlarini tashkil qilamiz. Bizning maqsadimiz — Oʻzbekistonda xalqaro sertifikatlash imkoniyatlarini kengaytirish hamda oʻquvchilar, mutaxassislar va taʼlim tashkilotlariga bilim va koʻnikmalarini xalqaro miqyosda tan olingan sertifikatlar orqali tasdiqlash imkonini yaratish.






