Certiport — A Pearson VUE Business
Ro‘yxatdan o‘tish ochiq — 2026

Microsoft & Adobe
xalqaro musobaqasi

Microsoft va Adobe dasturlaridan biri boʻyicha Oʻzbekiston chempioni boʻl va 2027-yil avgust oyida AQSh poytaxti Vashingtondagi jahon finaliga bor.

Excel 2019
Excel 365
Word 2019
Word 365
PowerPoint 2019
PowerPoint 365
Photoshop
Illustrator
InDesign
01

Chempionat haqida

Oʻzbekiston jamoasi xalqaro chempionatda
Oʻzbekiston jamoasi, 2026-yil, Kaliforniya, AQSh

Microsoft va Adobe xalqaro chempionati — dunyoning 100 dan ortiq davlatidan yoshlar qatnashadigan musobaqa. Ishtirokchilar Microsoft va Adobe dasturlarida amaliy topshiriqlarni bajarib, xalqaro sertifikat oladi. 2026-yildan chempionat O‘zbekistonda rasmiy ravishda o‘tkaziladi — milliy g‘oliblar AQShdagi jahon finalida mamlakatimiz nomidan ishtirok etadi.

AQShga yoʻllanma
Milliy chempionlar AQShdagi finalga yoʻl oladi
9 ta yoʻnalish
Musobaqa 9 ta dastur boʻyicha boʻlib oʻtadi
13–22 yosh
Maktab oʻquvchilar va kollej/universitet talabalar uchun
Sertifikat — barchaga
Imtihondan oʻtgan har bir ishtirokchi oladi
Nominatsiyalar02

Yo‘nalishlar

Microsoft · 2019

Excel 2019

Formulalar va funksiyalar, jadvallar, diagrammalar, maʼlumotlarni saralash va filtrlash.

Microsoft · 365

Excel 365

Formulalar, jadvallar, diagrammalar va maʼlumotlar tahlili Microsoft 365 muhitida.

Microsoft · 2019

Word 2019

Hujjatlarni yaratish va formatlash, jadvallar, havolalar, hamkorlikda tahrirlash.

Microsoft · 365

Word 365

Hujjatlarni formatlash, shablonlar, koʻp sahifali maketlar Microsoft 365 muhitida.

Microsoft · 2019

PowerPoint 2019

Slaydlar dizayni, media, oʻtishlar va animatsiya, taqdimotni namoyishga tayyorlash.

Microsoft · 365

PowerPoint 365

Slayd tuzilishi, animatsiya va taqdimot sozlamalari Microsoft 365 muhitida.

Adobe

Photoshop

Rastr grafika, retush, kompozitsiya, maskalash va tasvirlarni chop etish.

Adobe

Illustrator

Vektor grafika, logotip va ikonkalar, kontur, shrift va ranglar bilan ishlash.

Adobe

InDesign

Nashr maketi, tipografika, koʻp sahifali hujjatlar va chop etishga tayyorlash.

Ishtirok shartlari03

Kim qatnasha oladi?

Chempionatda 13–22 yoshdagi maktab, kollej/texnikum va universitet o‘quvchilari ishtirok eta oladi. Topshiriqlar ingliz tilida bo‘lgani uchun til darajasi kamida B1 bo‘lishi talab etiladi.

  1. Yosh chegarasi: 13–22

    Ishtirokchi chempionat davrida shu yosh oralig‘ida bo‘lishi kerak.

  2. Ta’lim muassasasi talabasi

    Maktab, kollej/texnikum yoki universitetda o‘qiyotgan bo‘lish shart.

  3. Ingliz tili — kamida B1

    Imtihon va tayyorlov materiallari ingliz tilida.

  4. Shaxsiy ishtirok

    Imtihon oflayn ravishda va nazorat ostida topshiriladi.

Sovrinlar04

G‘oliblar AQShda nima yutadi?

Har bir yo‘nalish bo‘yicha milliy chempion 2027-yil avgustida AQShdagi xalqaro finalga yo‘l oladi va O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi. Safar xarajatlari qoplanadi. Xalqaro finalda sovrin jamg‘armasi quyidagicha taqsimlanadi.

$8 000
Xalqaro finalda 1-o‘rin
$4 000
Xalqaro finalda 2-o‘rin
$2 000
Xalqaro finalda 3-o‘rin
Bosqichlar05

Ro‘yxatdan xalqaro finalgacha 6 qadam

1-QADAM
Ro‘yxatdan o‘tish
Ariza toʻldirilgach jamoa aʼzolarimiz siz bilan telefon yoki Telegram orqali bogʻlanishadi va batafsil maʼlumot berishadi. Barcha sizni qiziqtirgan savollarni ham berishingiz mumkin boʻladi.
2-QADAM
Imtihonga tayyorlanish
To‘lovdan so‘ng videodarslar va MOCK testlar ochiladi. Imtihonga ushbu materiallar asosida yoki mustaqil tayyorlanishingiz mumkin. Imtihon topshirish sanasini ham oldindan belgilab qoʻyishingiz kerak boʻladi.
3-QADAM
Imtihon
Edu-Action test markazlarida kompyuterda, nazorat ostida topshiriladi. 1 000 balldan 700+ ball olsangiz xalqaro sertifikatga ega boʻlish bilan bir qatorda, milliy bosqich finaliga ham chiqasiz.
4-QADAM
Milliy final
Har bir yo‘nalishda eng yuqori natija ko‘rsatgan 5 nafar ishtirokchi finalga chiqadi va 2027-mart oyida oʻz yoʻnalishi boʻyicha chempionlik uchun bellashadi, yaʼni yana bir imtihon topshiradi.
5-QADAM
Milliy chempion
Yo‘nalish g‘olibi O‘zbekiston chempioni deb eʼlon qilinadi.
6-QADAM
AQShdagi xalqaro final
2027-yil avgustida jahon finalida mamlakat nomidan ishtirok etadi. Safar bilan bogʻliq barcha xarajatlar qoplanadi.
Savollar06

Koʻp beriladigan savollar

Javobi yo‘q savol bo‘lsa, Telegram chatda so‘rang.
Chempionatda qatnashish narxi — 800 000 soʻm. Bu summaga imtihonning oʻzi va unga tayyorlov materiallari (videodarslar hamda mashgʻulot testlari) kiradi.
Ariza yuborilgach jamoa aʼzolarimiz siz bilan bogʻlanadi va toʻlov qilish boʻyicha yoʻriqnoma yuborishadi.
Ha, qayta topshirish imkoniyati mavjud. Qayta topshirish 2 oy ichida amalga oshirilsa 50% chegirma beriladi.
Chempionatda 13–22 yoshdagi ishtirokchilar qatnashadi. 2027-yilgi musobaqada qatnashish uchun 2005-2014-yillar oraligʻida tugʻilgan boʻlishingiz kerak.
Ha, lekin imtihonlar har 12 viloyatda tashkil etilmasligi mumkin. Bu boʻyicha maʼlumot Telegram kanalda beriladi.
Imtihon ingliz tilida oʻtkaziladi. Shu sababli til darajasi kamida B1 boʻlishi talab etiladi.
Ha, bir vaqtda bir nechta yoʻnalishgacha tanlash mumkin. Har bir yoʻnalish uchun alohida imtihon topshiriladi.
Ha. Toʻlovdan soʻng sizga videodarslar, oʻquv materiallari va MOCK testlar beriladi — noldan tayyorlanish mumkin.
Imtihondan oʻtgan ishtirokchi Microsoft yoki Adobe tomonidan xalqaro sertifikatini oladi. U butun dunyoda tan olinadi.
Milliy chempionlarning xalqaro finalga safari tashkilotchi va hamkorlar tomonidan qoplanadi. Hujjatlar va viza jarayonida ham koʻmak beriladi.
Imtihon natijasi kompyuterda topshirib boʻlingach darhol koʻrinadi. Milliy final ishtirokchilari roʻyxati esa barcha imtihonlar yakunlangach eʼlon qilinadi.
Milliy bosqich 2027-yilning mart oyigacha oʻtkaziladi.

Arizani 1 daqiqada to‘ldiring

Ariza yuborilgach jamoa aʼzolarimiz siz bilan telefon yoki Telegram orqali bogʻlanishadi va batafsil maʼlumot berishadi. Barcha sizni qiziqtirgan savollarni ham berishingiz mumkin boʻladi.

* bilan belgilangan maydonlar majburiy. Yuborish orqali siz shart va qoidalarga rozilik bildirasiz.
Tashkilotchilar / Hamkorlar
Edu-Action
Certiport
Pearson VUE
Microsoft
Adobe
Yoshlar ishlari agentligi