Oʻquvchi kelajagi uchun kuchli portfolio
Xalqaro sertifikat oʻquvchining bilim va yutuqlarini tasdiqlaydi. Bunday portfolio universitetga hujjat topshirishda ustunlik beradi hamda mahalliy va xorijiy taʼlimga yoʻl ochadi.
Oʻquvchilaringizga xalqaro sertifikatlarni maktabning oʻzidayoq olish imkoniyatini bering. Ularning portfoliosini kuchaytiring va mahalliy hamda xorijiy universitetlarga kirish yoʻlida muhim qadamni maktabingizdan boshlang.
Xalqaro sertifikat oʻquvchining bilim va yutuqlarini tasdiqlaydi. Bunday portfolio universitetga hujjat topshirishda ustunlik beradi hamda mahalliy va xorijiy taʼlimga yoʻl ochadi.
Dastur yaratish, oʻqituvchilarni tayyorlash va imtihonlarni tashkil qilish bilan alohida shugʻullanish shart emas. Biz maktabingiz uchun jarayonni bosqichma-bosqich tayyorlaymiz.
Maktabda beriladigan xalqaro sertifikat — ota-onalar uchun qoʻshimcha qiymat. Farzandni boshqa markazga olib borish shart emas — hammasi maktabning oʻzida.
Xalqaro sertifikat dasturlari maktabning taʼlim taklifini kengaytiradi. Oʻquvchilar xalqaro imkoniyatlarga ega boʻladi, maktab esa yangi yoʻnalishda rivojlanadi.
5–8-sinf · 11–14 yoshKoʻp maktablar informatika oʻrgatadi, lekin kam maktab buni isbotlay oladi. IC3 Spark informatika darslaringizni xalqaro sertifikat bilan yakunlaydi.
Oʻquvchi nima oladi
Xalqaro sertifikat va koʻnikmalar boʻyicha batafsil hisobot.
Imtihon haqida batafsil →
8–11-sinf · 14+ yoshGoʻyadan biznesgacha — bitta dasturda. Universitetga hujjat topshirishdan oldin portfolioga biznes sertifikati.
Oʻquvchi nima oladi
5 yil amal qiladigan, verify.certiport.com orqali tekshiriladigan xalqaro sertifikat.
Imtihon haqida batafsil →
9–11-sinf · 15+ yoshReal loyihalarni rejalashtirish, boshqarish va yakunlash. Universitetlar qadrlaydigan yetakchilik koʻnikmalari.
Oʻquvchi nima oladi
PMI nomi bilan sertifikat va keyinchalik CAPM® hamda PMP® sari aniq yoʻl.
Imtihon haqida batafsil →
13–22 yoshSinfxonangizdan AQShgacha. MOS yoki Adobe sertifikatini olgan oʻquvchilar milliy finalda, keyin esa AQShdagi jahon finalida qatnashadi.
Oʻquvchi nima oladi
Xalqaro sertifikat va milliy finalga yoʻllanma.
Imtihon haqida batafsil →Excel 2019 va PowerPoint 2019 sertifikatlari «IT Isteʼdod» roʻyxatiga kiritilgan — 14 yoshdan katta nomzodlar imtihon narxining 40 foizini qaytarib olishlari mumkin.
IT Isteʼdod roʻyxati2026-yilda oʻquvchilarimiz jahon finalida qatnashdi — parvoz, mehmonxona va ovqatlanish qoplab berildi. 2027-yilda navbat sizning oʻquvchilaringizga.
Sinflar, guruhlar va jadvalni birga kelishamiz.
Oʻquv dasturi, dars rejalari va oʻqituvchilar uchun “onboarding”.
GMetrix platformasida oʻquv materiallari va mashq testlari: oʻquvchi avval oʻrganadi, soʻng imtihonga tayyorligini tekshiradi.
Edu-Action test markazlarida yoki maktabingizda.
Sertifikat darhol yaratiladi, raqamli nishonni esa LinkedIn va boshqa tarmoqlarga joylash mumkin.
Roʻyxatdan oʻtkazish, vaucherlar, platformaga kirish, imtihonni oʻtkazish va qoʻllab-quvvatlash.
Oʻqituvchi va mashgʻulotlar uchun kompyuter xonasi.
GMetrix platformasiga kirish imtihon vaucheri bilan birga beriladi. Platformada oʻquv materiallari va mashq testlari bor: oʻquvchi avval oʻrganadi, soʻng imtihonga tayyorligini tekshiradi va haqiqiy imtihonni ishonch bilan topshiradi.
Koreyaning Edu-Will kompaniyasi va Jeju Halla universiteti bilan hamkorlikda Tashkent International School oʻquvchilari uchun AI-900 imtihonlari.
Hamkorlar oʻqitdi — biz sertifikatladik
Moliya departamenti xodimlarini oʻqitish va Microsoft Office Specialist imtihonlari.
Oʻqitish va sertifikatlash
Universitetning Excel fani boʻyicha talabalar bilimini xalqaro imtihon orqali baholash.
Universitet oʻqitdi — biz sertifikatladik
Loyiha boshqaruvi yoʻnalishida talabalarni sertifikatlash.
Talabalarni sertifikatlash
Maktab oʻquvchilari uchun uch yoʻnalishda xalqaro sertifikatlash.
Oʻquvchilarni sertifikatlash
Biz bilan bogʻlaning — maktabingiz uchun pilot loyihani birga rejalashtiramiz. Guruhlar va bir nechta dasturni birlashtirish uchun maxsus shartlar mavjud.