Raqamli savodxonlik sertifikatiCertiport

IC3 Digital Literacy sertifikati nima?

IC3 Digital Literacy — zamonaviy raqamli savodxonlikni baholovchi xalqaro sertifikatlash dasturi. U kompyuter va internetdan toʻgʻri hamda samarali foydalanish boʻyicha bilim va koʻnikmalarni tasdiqlaydi va taʼlim, ish bilan bandlik hamda kasbiy rivojlanishda keng tan olinadi.

Hozirda IC3 Digital Literacy GS6 versiyasini rus yoki ingliz tilida topshirish mumkin.

Imtihon Certiport tomonidan taqdim etiladi va uning Oʻzbekistondagi yagona rasmiy hamkori — Edu-Action test markazi tomonidan tashkil etiladi.

+50%Oʻqituvchilar uchun

Informatika oʻqituvchilarining oylik maoshiga ustama

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 06.10.2025 sanadagi 3515-1-sonli qaroriga koʻra, IC3 Digital Literacy sertifikatiga ega informatika oʻqituvchilarining oylik ish haqiga 50% ustama toʻlanadi. Ustama uch yil davomida amal qiladi.

Qaror
№ 3515-1
Sana
06.10.2025
Muddat
3 yil
Sertifikat namunasi01

Sizning sertifikatingiz shunday koʻrinishda boʻladi

IC3 Digital Literacy Master Certification
Ism Familiya
Namuna

IC3 Digital Literacy Master Certification

Uchala darajadan muvaffaqiyatli oʻtganingizdan soʻng IC3 Digital Literacy Master sertifikati elektron shaklda beriladi. Uning haqiqiyligini istalgan vaqtda verify.certiport.com saytida kod orqali tekshirish mumkin.

Yozing — sertifikatda darhol koʻrinadi.0 / 30
Tayyorlanish va topshirish02

Imtihonga tayyorlanish va topshirish tartibi

Imtihon topshirish tartibi

Oʻzbekistonda IC3 Digital Literacy imtihoni rasman faqat Edu-Action test markazi tomonidan oflayn tashkil etiladi. Imtihonlar oyiga oʻrtacha 6–8 marta oʻtkaziladi.

Aniq sana, joy va roʻyxatdan oʻtish haqidagi tezkor maʼlumotlar Telegram kanalimizda eʼlon qilinadi.

Koʻp beriladigan savollar

Javobi yoʻq savol boʻlsa, Telegram chatda soʻrang.