Adobe dasturlari sertifikatiAdobe

Adobe Certified Professional sertifikati nima?

Adobe Certified Professional (ACP) — Adobe dasturlarida ishlash boʻyicha amaliy koʻnikmalar hamda dizayn va raqamli kontent sohasida faoliyat yuritish uchun zarur boʻlgan asosiy bilimlarni tasdiqlovchi xalqaro professional sertifikatsiyadir. Sertifikat talabalar, boshlangʻich mutaxassislar, dizaynerlar, fotograflar, video montaj mutaxassislari, marketologlar va raqamli kontent yaratuvchilari uchun moʻljallangan.

Sertifikat muayyan yoʻnalish boʻyicha beriladi, masalan Adobe Photoshop, Illustrator, InDesign, Premiere, After Effects, Express, Acrobat Pro, Animate, Dreamweaver yoki Firefly. Adobe Certified Professional imtihonlari Certiport orqali oʻtkaziladi.

Dasturlar01

8 ta yoʻnalish — har biri alohida sertifikat

01
EN

After Effects

Video uchun motion grafika va vizual effektlar: qatlamlar animatsiyasi, kompozitsiya, keying va TV, veb hamda ijtimoiy tarmoqlar uchun render.

02
EN

Animate

Interaktiv animatsiya va boy media: personaj animatsiyasi, motion tween va veb, mobil hamda oʻyinlar uchun nashr.

03
EN

Content Creation and Marketing using Adobe Express

Marketing uchun tezkor kontent dizayni: shablonlar va brend materiallari asosida ijtimoiy tarmoq postlari, flayerlar va qisqa videolar.

04
EN

Dreamweaver

Sayt dizayni va kodlash: HTML va CSS maketlari, saytni boshqarish va moslashuvchan sahifalarni nashr qilish.

05
EN

Illustrator

Vektorli grafika dizayni: konturlar, shrift va ranglar asosida logotip, ikonka va illyustratsiyalar (chop etish va ekran uchun).

06
EN

InDesign

Sahifa maketi va nashriyot: koʻp sahifali hujjatlar, tipografika va chop etish yoki raqamli formatga chiqarish.

07
ENRU

Photoshop

Tasvirlarni tahrirlash: retush, kompozitsiya, maskalash va grafikani chop etish hamda veb uchun tayyorlash.

08
EN

Premiere Pro

Video montaj va post-produksiya: materialni yigʻish, oʻtishlar, ovoz va TV, veb hamda ijtimoiy tarmoqlar uchun eksport.

Sertifikat namunasi02

Sizning sertifikatingiz shunday koʻrinishda boʻladi

Adobe Certified Professional — Visual Design Using Adobe Photoshop
Ism Familiya
Namuna

Adobe Photoshop sertifikati

Imtihondan muvaffaqiyatli oʻtganingizdan soʻng Adobe Certified Professional sertifikati elektron shaklda beriladi. Uning haqiqiyligini istalgan vaqtda verify.certiport.com saytida kod orqali tekshirish mumkin.

Yozing — sertifikatda darhol koʻrinadi.0 / 30
Tayyorlanish va topshirish03

Imtihonga tayyorlanish va topshirish tartibi

Imtihon topshirish tartibi

Oʻzbekistonda Adobe Certified Professional imtihonlari Certiportʼning Oʻzbekistondagi rasmiy vakolatli hamkori — Edu-Action test markazi orqali tashkil etiladi. Roʻyxatdan oʻtishdan oldin nomzod kerakli Adobe dasturi yoki yoʻnalishiga mos imtihonni tanlaydi.

Imtihon proktor nazorati ostida oʻtkaziladi. Aniq sanalar, oʻtkazilish joylari va roʻyxatdan oʻtish boʻyicha maʼlumotlar Certiport Uzbekistan rasmiy kanallari orqali taqdim etiladi.

Koʻp beriladigan savollar

Javobi yoʻq savol boʻlsa, Telegram chatda soʻrang.