Universitetlar uchun

Diplomga qo‘shimcha qiymat — xalqaro sertifikat bilan tasdiqlangan natija

Talabalaringiz universitetni ish beruvchilar tan oladigan xalqaro sertifikatlar va kuchli portfolio bilan tamomlaydi. Biz sertifikatlashni oʻquv rejangizga qoʻshamiz: tayyorgarlik platformasi, professor-oʻqituvchilar treningi va imtihon — rasmiy test markazimizda yoki universitetingizda.

84
xalqaro imtihon — IT, muhandislik, dizayn va biznes
150+
mamlakatda tan olinadi
Nega universitetlar tanlaydi01

Nazariyadan amaliy koʻnikmagacha — tasdiqlangan natija bilan

01

Kuchli professional portfolio

Xalqaro sertifikatlar talabaning bilim va amaliy tayyorgarligini xalqaro darajada tasdiqlaydi. Sertifikat CV va portfolioni kuchaytirib, keyingi taʼlim va karyera imkoniyatlarini kengaytiradi.

02

Amaliy bilimning tasdiqlangan natijasi

Nazariy bilim amaliy sertifikat bilan toʻldiriladi. Talabaning zamonaviy dastur, texnologiya va professional vositalardan foydalanish darajasi xalqaro imtihon orqali tasdiqlanadi.

03

Oʻquv rejaga integratsiya

Sertifikatlar mavjud fanlarga mos keladi: Excel — iqtisodiyotga, AutoCAD — muhandislikka, Python — IT fakultetiga.

04

Mehnat bozorida qoʻshimcha ustunlik

Diplomga qoʻshilgan xalqaro sertifikat bitiruvchining amaliy tayyorgarligini koʻrsatadigan qoʻshimcha dalil boʻladi va ish beruvchi oldida professional profilini kuchaytiradi.

Universitet UCHUN dasturlar02

Turli yoʻnalishlar uchun xalqaro sertifikat dasturlari

01Axborot texnologiyalari, kompyuter injiniringi, kiberxavfsizlik

02Sunʼiy intellekt va maʼlumotlar tahlili

03Biznes, menejment, marketing, HR

04Arxitektura, qurilish, mashinasozlik

05Moliya va buxgalteriya

06Dizayn, media, 3D

07Pedagogika

08Tibbiyot, mehmondoʻstlik, agrosanoat

01 / 06
IT va kompyuter fanlari

IT Specialist

Dasturlash va IT-infratuzilma boʻyicha boshlangʻich xalqaro sertifikat — birinchi ish yoki amaliyot uchun kuchli signal.

  • Dasturlash — Python, Java, JavaScript, HTML and CSS
  • Maʼlumotlar — Databases, Data Analytics
  • Infratuzilma — Networking, Cybersecurity, Cloud
Mos keladiAxborot texnologiyalari, kompyuter injiniringi
Yoʻnalishlar
10+
Imtihon
50 daqiqa
Format
Oflayn, kompyuterda
Til
Ingliz

Talaba nima oladi

Certiport xalqaro sertifikati va keyingi professional darajalarga yoʻl.

Imtihon haqida batafsil →
02 / 06
IT, AI va maʼlumotlar

Microsoft Certified Fundamentals

Bulut, sunʼiy intellekt va xavfsizlik asoslari — Microsoft rasmiy sertifikati. Kelajakdagi Azure mutaxassislari uchun birinchi qadam.

  • Azure — bulut xizmatlari asoslari
  • Azure AI — AI-901 · sunʼiy intellekt asoslari
  • Security — xavfsizlik va identifikatsiya
Mos keladiSunʼiy intellekt, data science, kiberxavfsizlik
Daraja
Fundamentals
Imtihon
45 daqiqa
Format
Oflayn, kompyuterda
Til
Ingliz / rus* (AI-901)

Talaba nima oladi

Muddatsiz amal qiladigan Microsoft sertifikati.

Imtihon haqida batafsil →
03 / 06
Arxitektura va muhandislik

Autodesk Certified User

Chizmachilik va 3D-modellashtirish — muhandislik kasbining standarti. Talaba portfoliosi xalqaro sertifikat bilan mustahkamlanadi.

  • AutoCAD — 2D chizmalar va loyihalash
  • Revit — BIM va arxitektura modellari
  • Fusion · Inventor — mahsulot dizayni va mexanika
Mos keladiArxitektura, qurilish, mashinasozlik
Dasturlar
6 ta
Imtihon
50 daqiqa
Format
Oflayn, kompyuterda
Til
Ingliz

Talaba nima oladi

Autodesk xalqaro sertifikati — qurilish va ishlab chiqarish kompaniyalari uchun.

Imtihon haqida batafsil →
04 / 06
Dizayn va media

Adobe Certified Professional

Grafik dizayn, video va animatsiya — ijodiy sanoat talab qiladigan dasturlar boʻyicha xalqaro sertifikat.

  • Grafika — Photoshop, Illustrator, InDesign
  • Video — Premiere Pro, After Effects
  • Animatsiya — Animate
Mos keladiDizayn, jurnalistika, marketing
Dasturlar
6 ta
Imtihon
50 daqiqa
Format
Oflayn, kompyuterda
Til
Ingliz

Talaba nima oladi

Adobe xalqaro sertifikati va jahon chempionatiga yoʻl.

Imtihon haqida batafsil →
05 / 06
Biznes va menejment

PMI Project Management Ready®

Loyiha boshqaruvi asoslari — PMI nomi bilan. CAPM® va PMP® sari birinchi qadam.

  • Asoslar — yondashuvlar, etika, yetakchilik
  • Rejalashtirish — koʻlam, jadval, byudjet, WBS
  • Amalga oshirish — nazorat, sifat, yakunlash
Mos keladiMenejment, iqtisodiyot, biznes
Yosh
15+
Imtihon
50 daqiqa · 40 savol
Format
Oflayn, kompyuterda
Til
Ingliz

Talaba nima oladi

PMI sertifikati va CAPM® hamda PMP® sari aniq yoʻl.

Imtihon haqida batafsil →
06 / 06
Barcha fakultetlar

Microsoft Office Specialist

Excel, Word va PowerPoint — har qanday ofis ishining asosi. Associate va Expert darajalari talabaga koʻnikmani ish beruvchiga isbotlash imkonini beradi.

  • Excel — formulalar, jadvallar, maʼlumotlar tahlili
  • Word — hujjatlar, hisobotlar, diplom ishi
  • PowerPoint — taqdimot va himoya
Mos keladiIqtisodiyot, pedagogika, huquq, menejment
Darajalar
Associate · Expert
Imtihon
50 daqiqa
Format
Oflayn, kompyuterda
Til
Ingliz / rus* (Associate)

Talaba nima oladi

Microsoft xalqaro sertifikati va raqamli nishon — LinkedIn uchun.

Imtihon haqida batafsil →
40%

Imtihon narxining 40 foizi davlat tomonidan qaytariladi

MOS Excel 2019 va PowerPoint 2019 sertifikatlari «IT Isteʼdod» roʻyxatiga kiritilgan — talabalar imtihon narxining 40 foizini qaytarib olishlari mumkin.

IT Isteʼdod roʻyxati
Talabalar uchun · 13–22 yosh

Microsoft & Adobe World Championship 2027

MOS yoki Adobe sertifikatini olgan talabalar milliy finalda, keyin esa AQShdagi jahon finalida qatnashadi. 2026-yilda Oʻzbekiston jamoasi TOP-10 talikka kirdi.

Imtihon haqida batafsil →
Qanday ishlaydi03

Kelishuvdan sertifikatgacha — 5 qadam

01

Yoʻnalishlarni tanlash

Fakultetlar, guruhlar va jadvalni birga kelishamiz.

02

Oʻqituvchilar treningi

Oʻquv dasturi, dars rejalari va professor-oʻqituvchilar uchun “onboarding”.

03

Oʻqish va mashq

GMetrix platformasida oʻquv materiallari va mashq testlari: talaba avval oʻrganadi, soʻng imtihonga tayyorligini tekshiradi.

04

Imtihon

Edu-Action test markazlarida yoki universitetingizda.

05

Sertifikat va nishon

Sertifikat darhol yaratiladi, raqamli nishonni esa LinkedIn va boshqa tarmoqlarga joylash mumkin.

Tayyorgarlik04

GMetrix — tayyorgarlik va mashq platformasi

GMetrix platformasiga kirish imtihon vaucheri bilan birga beriladi. Platformada oʻquv materiallari va mashq testlari bor: talaba avval oʻrganadi, soʻng imtihonga tayyorligini tekshiradi va haqiqiy imtihonni ishonch bilan topshiradi.

Video darslarOʻquv materiallariMashq testlariNatijalar tahliliZaif tomonlar boʻyicha tavsiyalar
Bizning tajriba05

Biz bilan allaqachon ishlayotganlar

Tashkent International School

01
AI-900: Azure AI Fundamentals

Koreyaning Edu-Will kompaniyasi va Jeju Halla universiteti bilan hamkorlikda Tashkent International School oʻquvchilari uchun AI-900 imtihonlari.

Xalqaro hamkorlikda sertifikatlash

Artel

02
Microsoft Office Specialist

Moliya departamenti xodimlarini oʻqitish va Microsoft Office Specialist imtihonlari.

Korporativ oʻqitish va sertifikatlash

Millat Umidi University

03
Microsoft Office Specialist: Excel

Universitetning Excel fani boʻyicha talabalar bilimini xalqaro imtihon orqali baholash.

Universitet oʻqitdi — biz sertifikatladik

Millat Umidi University

04
PMI Project Management Ready®

Loyiha boshqaruvi yoʻnalishida talabalar uchun oʻquv materiallari va xalqaro sertifikatlash.

Talabalarni sertifikatlash

Millat Umidi School

05
IC3 SparkEntrepreneurship and Small BusinessMicrosoft Office Specialist

Maktab oʻquvchilari uchun uch yoʻnalishda dastur va xalqaro sertifikatlash.

Oʻquvchilarni sertifikatlash

Keyingi qadam

Bitiruvchilaringizni ishga tayyorlang

Biz bilan bogʻlaning — universitetingiz uchun sertifikatlash dasturini birga tuzamiz. Fakultetlar va katta guruhlar uchun maxsus shartlar mavjud.