Cartiport logo

Sertifikatlar

sertifikat

Microsoft Certified Educator (MCE) imtihoni o‘qituvchilarning zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish ko‘nikmalarini tasdiqlaydi. Sertifikat o‘qituvchilarga ta’lim jarayoniga zamonaviy texnologiyalarni joriy etishda yordam beradi.

sertifikat

IC3 (Internet and Computing Core Certification) imtihoni kompyuter, internet va asosiy dasturlardan foydalanish bo‘yicha asosiy ko‘nikmalarni baholaydi. Sertifikat raqamli savodxonlikni tasdiqlaydi va o‘qish hamda ishda foydali bo‘ladi.

sertifikat

Certiport tomonidan taklif etiladigan PMI (Project Management Institute) imtihoni loyiha boshqaruvi bo‘yicha asosiy bilim va ko‘nikmalarni tasdiqlaydi. Sertifikat o‘quvchi va mutaxassislarga loyihalarni samarali rejalashtirish va amalga oshirishda yordam beradi.

sertifikat

Adobe Certified Professional imtihoni Photoshop, Illustrator, inDesign va Premiere Pro kabi Adobe dasturlarida ishlash ko‘nikmalarini tasdiqlaydi. Sertifikat dizayn, video va media sohalarida karyera imkoniyatlarini ochadi.

sertifikat

Autodesk Certified User imtihoni AutoCAD, Revit va Fusion 360 kabi Autodesk dasturlarida ishlash ko‘nikmalarini tasdiqlaydi. Sertifikat muhandislik, arxitektura va 3D dizayn sohalarida talab etiladi.

sertifikat

Microsoft Office Specialist (MOS) imtihoni Word, Excel va PowerPoint kabi Microsoft Office dasturlarida ishlash bo‘yicha professional ko‘nikmalarni tasdiqlaydi. Sertifikat ish unumdorligini oshirish va mehnat bozorida raqobatbardosh bo‘lishga yordam beradi.

sertifikat

Cisco imtihonlari tarmoq texnologiyalari, kiberxavfsizlik va IT infratuzilmasi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni tasdiqlaydi. Cisco sertifikatlari axborot texnologiyalari sohasida talab yuqori bo‘lib, IT sohasida kariyera qilishga yordam beradi.

sertifikat

Meta Certified imtihonlari raqamli marketing, ijtimoiy tarmoqlar va Meta reklamasi vositalari bo‘yicha bilimlarni tasdiqlaydi. Sertifikat digital va SMM sohalarida ajralib turishga yordam beradi.

sertifikat

Swift Certified Specialist — bu Apple’ning Swift dasturlash tilidagi chuqur bilim va ko‘nikmalarni tasdiqlovchi xalqaro tan olingan sertifikat. Sertifikat iOS, macOS, watchOS va boshqa Apple platformalari uchun samarali, qulay va kengaytiriladigan ilovalar yaratish salohiyatini tasdiqlaydi.

Biz haqimizda

Certiportʼning Oʻzbekistondagi rasmiy vakili


 "Edu-Action" kompaniyasi Certiportʼning O‘zbekistondagi rasmiy vakili hisoblanadi. Biz Microsoft, Adobe, Autodesk, PMI, IC3, MOS, Cisco, Meta va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha xalqaro sertifikat imtihonlarini o‘tkazish huquqiga egamiz. Certiport akkreditatsiyasi asosida biz imtihonlarni butun O‘zbekiston bo‘ylab tashkil qilamiz. Bizning maqsadimiz — talaba va mutaxassislarga o‘z kasbiy ko‘nikmalarini tasdiqlovchi, xalqaro miqyosda tan olingan sertifikatlarni olish imkoniyatini yaratish.

Uzbekistan_flag